Coca Cola Superligasi-2019 mavsumi logotipi tasdiqlandi

Bilasiz, ertadan futbol bo`yicha mamlakat chempionati yangi mavsumi rasman start oladi. 

Coca Cola kompaniyasi Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun titul homiy bo`lish huquqini qo`lga kiritdi. Endilikda milliy chempionatimiz yuqori divizioni Coca Cola Superligasi deya ataladi.

2019 yilgi Coca Cola Superligasi logotipi tasdiqlandi. Ushbu logotip asosan qizil va oq ranglar uyg`unligidan iborat bo`lib, Superliganing barcha uchrashuvlari anons, afisha, o`yinlarga oid dasturnoma va reklama bannerlarida aks etadi. 

Shu tariqa, O`zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy logotipi bilan bir qatorda 2019 yilgi mavsum davomida Coca Cola Superligasi uchrashuvlariga oid ma`lumotlar taqdim etishda ushbu logotipdan ham birdek foydalaniladi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb