“Paxtakor” futbol klubiga 1 milliard so`m mukofot puli o`tkazib berildi

Xabaringiz bor, 2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o`rinlarni egallagan futbol klublariga ma`lum miqdorda mukofot pullari va`da qilgan edi.

Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi O`zbekiston Superligasi 2018 yilgi mavsumi yakunlariga ko`ra 2-o`rinni egalladi. Qolaversa, klubning futzal jamoasi mamlakat chempionatida kumush medallarga ega chiqdi.  

Bungacha Professional futbol ligasi klublar bo`ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo`lishiga qarab, rag`batlantiruvchi mukofot pullarini o`tkazib borishni rejalashtirgandi.

“Paxtakor” klubi mavjud qarzdorliklarini to`liq bartaraf etdi. Qolaversa, akademiya va maydon bo`yicha talablar bajarildi. Natijada ushbu klubda qolib kelayotgan va O`zPFLga ma`lum bo`lgan qarzdorlik masalasi yo`q.

Shu boisdan “Paxtakor” klubi birinchilardan bo`lib mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga Superligada 2-o`rinni egallagani uchun 800 million so`m, shuningdek, futzal jamoasi mamlakat chempionatida 2-o`rinni qo`lga kiritgani uchun 200 million so`m o`tkazib berildi.  

Qayd etish joiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham va`da qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o`tkazib berish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb