
2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o`rinlarni egallagan futbol klublariga ma`lum miqdorda mukofot pullari va`da qilgandi. Qarshining “Sevinch” futbol klubi ayollar o`rtasidagi O`zbekiston chempionatida 2-o`rinni egalladi. Shunga ko`ra, “Sevinch” 200 million so`m mukofot puli bilan taqdirlanishi kerak.
Bungacha Professional futbol ligasi klublar bo`ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo`lishiga qarab, rag`batlantiruvchi mukofot pullarini o`tkazib borishni rejalashtirgandi. Avvalroq O`zPFL ayollar futbol jamoalarini badal pullaridan ozod qildi. Shundan kelib chiqib, “Sevinch” 50 million so`m badal pulini to`lashi shart emas. Demak, klubda qolib kelayotgan va O`zPFLga ma`lum bo`lgan qarzdorlik masalasi yo`q.
Evaziga “Sevinch” birinchilardan bo`lib mukofot pullarini qabul qilib oldi. O`zbekiston Professional futbol ligasi “Sevinch” futbolchi qizlari va ular qatorida yurtimizdagi barcha ayollarni bayram bilan muborakbod etadi.