
Bir necha kun avval Professional futbol ligasi Superligada ishtirok etuvchi futbol klublarini ayollar jamoasi uchun to`lanadigan badal pullaridan ozod qilgandi. Endi esa “Neftchi” va “Sho`rtan” ayollar jamoalari ham ayollar uchun badal puli to`lamaydigan bo`ldi.
Chunki ayollar o`rtasidagi chempionatda “Neftchi” 11-o`rinni qo`lga kiritgan, “Sho`rtan” esa 4-pog`ona bilan mavsumni yakunlagan. Ya`ni, ular ligada o`z o`rinlarini saqlab qolishga erishgan. Biroq bu klublarning erkaklar jamoalari faoliyatini “A” Pro-ligasida davom ettiradi. Shunga qaramay, "Sho`rtan" va "Neftchi" ham ayollar jamoasining badal pullaridan ozod qilindi.