Yangi mavsumga jiddiy ravishda tayyorsharlik olib borayotgan “Qo`qon-1912” jamoasining etakchi futbolchilaridan bir Quvondiq Ro`ziev, mavsum oldidan o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
- Chempionat startini barcha kabi intiqlik bilan kutyapmiz. Yangi mavsum har yilgidan ham qiziqarliroq bo`lishini kutyapman. Tayyorgarlikni asosiy qismini Toshkentda olib bordik va barchasi a`lo darajada o`tdi. Bizning jamoamiz yangi mavsumga tayyor!
Qur`a tashlash marosimidan so`ng 1-turda bizga azaliy raqibimiz Namanganning “Navbahor” jamoasi tushgani ma`lum bo`ldi. O`ylaymanki bu uchrashuv judayam shiddatli kurashlarga boy va tomoshabop bo`ladi. “Vodiy derbi”lari doim qiziqarli o`tgan. Albatta biz mavsum startini yaxshi kayfiyatda boshlashni niyat qilganmiz. “Qo`qon-1912” – "Navbahor" uchrashuvida bizni butun Farg`ona viloyati xalqi qo`llab turishi bizga yanada ko`proq ma`suliyat yuklaydi. Endi biz nafaqat Qo`qonlik balki barcha Farg`ona viloyatidagi muxlislarni xursand qilishimiz kerak bo`ladi. Barcha muxlislarimizni jamoamizni qo`llab turishga chaqiraman.
Kelayotgan mavsumda jamoamiz o`z oldiga yuqori maqsadlarni qo`yadi. Biz superligada raqobatbardosh jamoalardan biri bo`lishga intilamiz va muxlislarimizni xursand qilishni asosiy maqsadimiz deb bilamiz.