
Xabaringiz bor, 8 mart, juma kuni futbol bo`yicha O`zbekiston Superligasining 2019 yilgi mavsumi start oladi.
CocaCola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab beriladi. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi.
Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.
9 mart, shanba kuni 1-tur doirasidan o`rin olgan 2 ta o`yin bo`lib o`tadi. “Dinamo” o`z maydonida “Nasaf”ga qarshi bahs olib boradi. Mezbonlar mazkur o`yinda oq-oq-oq rangli liboslarda harakat qilishadi. Qarshilik futbolchilar esa to`liq ko`k rangdagi formada maydonga chiqishadi.
Shuningdek, kun doirasidan o`rin olgan yana bir bellashuvda AGMK “Buxoro” bilan to`qnash keladi. Mazkur o`yinni olmaliqliklar to`liq oq rangdagi liboslarda o`tkazishadi. “Buxoro” esa ko`k-ko`k-ko`k rangdagi formada o`ynaydi.
9 mart, shanba
16:00 DINAMO — NASAF
18:00 AGMK — BUXORO