O`tgan yili bronza medalini qo`lga kiritgan Namanganning “Navbahor” klubi yangi mavsumda ham o`z oldiga jiddiy maqsadlarni qo`ygan. Shu bois, namanganliklar 2019 yilgi CocaColaSuperliga starti oldidan o`z tarkiblarini ancha kuchaytirishdi.
Ayni paytda Andrey Kanchelskis shogirdlari o`quv-mashg`ulot yig`inini poytaxtimiz Toshkentda olib borishmoqda. “Navbahor”ning navbatdagi mashg`uloti yakuniga etganidan so`ng, biz 3 yillik tanaffusdan keyin yana namanganliklar safiga qaytgan mahoratli yarim himoyachi Azim Ahmedov bilan suhbat uyushtirdik.
- Superliganing 2019 yilgi bahslariga tayyorgarlik juda yaxshi kechdi va bundan barchamiz qoniqish hosil qildik hamda yangi mavsum o`yinlariga hammamiz tayyormiz.
- Qo`qonliklarga bilan bo`ladigan bahs juda qiyin kechishi oldindan ma`lum. Boisi, ta`kidlaganingizdek, bu “vodiy derbisi”. Derbi uchrashuvlari esa azaldan keskin kurashlar ostida va jangovar holda o`tgan. Bo`lajak bahs ham albatta bundan mustasno bo`lmaydi. Bundan tashqari, mavsumning ilk uchrashuvini har qanday jamoa g`alaba bilan boshlashni istaydi. Shunday ekan, “Qo`qon-1912” jamoasiga qarshi kechadigan o`yin ancha qiziqarli tarzda o`tadi, menimcha.
- Bu yilgi Superliga bahslari judayam qiziqarli tarzda kechadi, degan umiddaman. Boisi, barcha jamoalar deyarli bir xil kuchga egalar va qanday futbol namoyish etishni o`rganib bo`lishgan. Oldingidek, yaqqol peshqadam va autsayder klublar yo`q, endi. Shu bois, har bir bahs keskin hamda murosasiz kurashlarga boy tarzda o`tadi, degan umiddaman.
- Qaysidir jamoalarni raqobatchi sifatida alohida ajratib ko`rsata olmayman. Chunki ta`kidlaganimdek, barcha klublar deyarli teng kuchga ega va ularning barchasi jiddiy maqsadlar uchun kurash olib boradi. Chempionlik unvoni uchun ham ko`plab jamoalar kurash olib borishsa kerak.
- Ikki davrali tizim menimcha, barcha jamoalar uchun ma`qul variant. Men ham ushbu tizimni yoqlayman. Boisi, qozonda bori cho`michga chiqadi va hech qanday e`tirozga o`rin qolmaydi.
"Navbahor" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.