
Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga juda oz muddat qolmoqda.
O`zbekiston Professional futbol ligasi yangi mavsum davomida CocaColaSuperliga, U-21 birinchiligi, U-18 birinchiligi, mamlakat kubogi va liga kubogi musobaqalari uchrashuvlarini yuqori darajada tashkil etish, o`yin ichidagi va uning atrofidagi voqealarni futbol ishqibozlariga tezkorlik va xolislik bilan etkazib berish maqsadida bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, endilikda Professional futbol ligasi matbuot xizmati muxlislar o`rtasida ancha ommabop sanaluvchi Futbol TV HD Telegram kanali bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Mazkur hamkorlik doirasida tomonlar o`zaro axborot almashish, CocaColaSuperliga o`yinlari natijalari va o`yinlarga oid yangiliklarni tezkorlik bilan ishqibozlarga etkazishda birgalikda faoliyat olib borishadi.