Coca Cola Superliga 1-turini jamoalar qanday rangdagi liboslarda o`tkazishadi?

Xabaringiz bor, 8 mart, juma kuni futbol bo`yicha O`zbekiston Superligasining 2019 yilgi mavsumi start oladi.

Coca Cola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab beriladi. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi.

Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

1-turning dastlabki kunida 2 ta uchrashuv bo`lib o`tadi. “Qizilqum” Navoiyda “Andijon”ni qabul qiladi. Mazkur o`yinda navoiylik futbolchilar qizil-qizil-qizil rangdagi liboslarda harakat qilishadi. Mehmonlar esa oq-oq-oq rangdagi formada maydonga chiqishadi.

Shuningdek, turning markaziy bellashuvida “Paxtakor” o`z maydonida “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi. “Sherlar” uchrashuvni sariq- to`q ko`k rangdagi futbolka, to`q ko`k shorti va to`q ko`k getrilarda o`tkazishadi. “Temiryo`lchilar” jamoasi a`zolari esa maydonga to`liq qizil rangli liboslarda chiqib kelishadi.    

 

1-tur

8 mart, juma

17:00 QIZILQUM — ANDIJON 

19:00 PAXTAKOR — LOKOMOTIV

mib
uzcard
cola
apex
bmb