Coca Cola 2019 yilgi mavsum uchun Superliga hamda O`zbekiston kubogining titul homiysiga aylandi

Coca Cola kompaniyasi Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun titul homiy bo`lish huquqini qo`lga kiritdi.

Bungacha O`zbekiston Professional futbol ligasi Pepsi bilan muzokara olib borgan hamda ikki tashkilot o`rtasidagi shartnoma bugun — 5 mart kuni imzolanishi kerak edi. Bungacha ham Coca Cola kompaniyasi PFL bilan muzokara o`tkazgandi. Taklif nisbatan yaxshiroq bo`lganiga qaramay, PFL 2018 yilgi homiy — Pepsi variantini ma`qulroq deb topdi.

Biroq kecha — 4 mart kuni Coca Cola o`z taklifini o`zgartirdi. Bu taklif Professional futbol ligasi uchun oldinga tashlangan qadam bo`lishi mumkin edi. Unga ko`ra, kompaniya nafaqat Superliga, balki O`zbekiston kubogi musobaqasi uchun ham homiylik qiladi.

Joriy mavsumda Professional futbol ligasi Superliga klublari uchun badal pullarini oshirmadi. Qo`shimchasiga, hakamlar, inspektorlar hamda komissarlar uchun barcha sarf-harajatlarni o`z bo`yniga oldi. Shuningdek, Superliga klublari futbolchilarining har biriga o`z yonidan chiqim qilib, 10 million so`mlik sug`urta polislari olish imkoniyatini yaratdi. 

Professional futbol ligasi Pepsi bilan hamkorlikni qadrlaydi. Mazkur kompaniya bizning tashkilot uchun juda katta yordam berdi va o`zaro hamkorlik davomida o`zining professional dastur hamda yo`nalishlari bilan ijobiy taassurot qoldirdi, marketing yo`nalishlari bilan o`rnak bo`la oldi. O`zining iqtisodiy ko`rsatkichlarini yildan-yilga yaxshilab borishni niyat qilayotgan Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumdagi hamkorlik uchun Pepsi kompaniyasiga o`z minnatdorchiligini bildiradi va kelajakda ham o`zaro hamkorlik uchun tayyorligini ma`lum qiladi. Pepsi Superliganing ilk titul homiysi sifatida tarixda qoladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb