PFL maxsus ishchi-guruhi Pro-ligada qatnashishga nomzod jamoalarni monitoringdan o`tkazmoqda

Xabaringiz bor, 2019 yilgi mavsumda Superligada 14 klub ishtirok etadi. Ayni vaqtda Professional futbol ligasi A va V Pro-ligalarida to`p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.

Hozirda “Mash`al”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “Sho`rtan” klublari A Pro-ligada ishtirok etish masalasida ish olib bormoqda. “Sherdor” hamda “Nurafshon” futbol klublarida ham shunday imkoniyat yuzaga kelishi mumkin. V Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa ko`proq.

Bugundan Professional futbol ligasi maxsus ishchi-guruhi Pro-ligada qatnashishga nomzod jamoalarning litsenziyalash talablarini qay darajada bajara olishini monitoring qilishni boshladi. Maxsus ishchi-guruh bugundan viloyatlarga yo`l oldi va har bir klubni nazoratdan o`tkazishni boshladi.  

Dastlab Farg`ona vodiysi klublari monitoringdan o`tkaziladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb