
2019 yilgi mavsumda Superligada 14 klub ishtirok etishi ma`lum. Ayni vaqtda Professional futbol ligasi A va V Pro-ligalarida to`p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.
Hozirda “Mash`al”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “Sho`rtan” klublari A Pro-ligada ishtirok etish masalasida ish olib bormoqda. “Sherdor” hamda “Nurafshon” futbol klublarida ham shunday imkoniyat yuzaga kelishi mumkin.
V Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa ko`proq. Ayni vaqtda quyidagi klublar PFL bayrog`i ostidagi musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan:
“Orol”
“Lokomotiv-BFK”
“Bunyodkor-2”
“Yashnobod”
“Norin”
“Iftixor”
“Imkon-Oltiariq”
“Yangier”
“G`ijduvon”
“Zomin”
“Yozyovon”
“Andijon-2”
“Xisor”
“Rubin”.
Ikki yildan buyon 2-ligalar g`oliblari o`rtasidagi o`tish o`yinlari o`tkazilmay kelayotganidan Professional futbol ligasi yaxshi xabardor. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda PFL kubogiga asos solingan. Mazkur musobaqa 2-liga g`oliblari uchun o`tish o`yinlari vazifasini ham o`tab beradi. Sharti — 2-liga g`oliblari V Pro-ligasi uchun talablarga javob berishlari kerak. Litsenziyalash talablarini shu havola orqali ko`chirib olish mumkin. Quyida esa 2-liga musobaqalarining barcha g`oliblari ko`rsatib o`tilgan:
“Oqtepa” (Toshkent)
“Ammafos-Maksam” (Olmaliq, Tosh. viloyati)
“Rash Milk” (Shahrixon, Andijon)
“Neftchi” (Chortoq, Namangan)
“Turon” (O`zbekiston, Farg`ona)
“Akademiya” (Yangier, Sirdaryo)
“Bo`ston” (Zarbdor, Jizzax)
“Zarbuloq” (Narpay, Samarqand)
“Zarangar” (G`ijduvon, Buxoro)
“Nasaf-2” (Qarshi, Qashqadaryo)
“Dinamo” (Termiz, Surxondaryo)
“Navoiyazot” (Navoiy)
“R.Madaminov” (Xiva, Xorazm)
“Nukus” (Qoraqalpog`iston)
Ma`lumot uchun, PFL kubogida g`olib chiqqan bir yoki bir nechta klubga A Pro-ligada ishtirok etish uchun imtiyozli yo`llanma taqdim etiladi. Qolgan klublar esa V Pro-ligada faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Yuqorida nomlari ko`rsatilgan jamoalar V Pro-ligasi talablariga javob bersa, tezlik bilan Professional futbol ligasiga aloqaga chiqishlari so`raladi. Kelayotgan hafta PFL komissiyasi viloyatlarga yo`l oladi va har bir klubni nazoratdan o`tkazadi. Qayd etish kerak, O`zbekistonda transfer oynasi 7 mart kuni yopiladi. PFL kubogi ishtirokchilari nomi esa tez orada ma`lum qilinadi.