Baxtiyor Ashurmatov: Pepsi Superliga 1-turidayoq AGMKga qarshi qiziqarli o`yin o`tkazamiz

Yurtimizda yangi mavsum start olishiga borgan sayin oz muddat qolmoqda. 

25 fevral kuni bo`lib o`tgan qur`a natijalariga ko`ra, Pepsi Superliga klublari 1-turda to`qnash keladigan raqiblari nomini bilib olishdi.

Yangi mavsumga qizg`in hozirlik olib borayotgan “Buxoro” klubi ilk turda Olmaliqda mehmon bo`ladi. Buxoroliklar jamoasi ustozi Baxtiyor Ashurmatov yangi mavsum oldidan fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

- Qur`a qanday bo`lishidan qat`iy nazar mavsum davomida barcha jamoalar bilan bahs olib borishga to`g`ri keladi. Shunday bo`lsa-da ilk turlarda qaysi jamoalar bilan o`ynashimizni katta qiziqish bilan kutgan edik. Taqdir hazilini qarang, birinchi turdayoq o`zim ilgari faoliyat olib borgan AGMKga qarshi maydonga tushadigan bo`ldik. O`ylashimcha, bizni ancha qiziqarli qarama-qarshilik kutib turibdi. Umuman olganda, qur`adan ko`nglim to`ldi. Qur`a tashlash marosimi ancha yaxshi saviyada tashkil etilganini ham ta`kidlab o`tishim lozim.

Yangi mavsumda murabbiy sifatidagi asosiy maqsadim – raqobatbardosh jamoa shakllantirish hamda muxlislarga har jihatdan manzur bo`ladigan o`yin namoyish etish. Yaqinda rahbariyat bilan uchrashuv o`tkazamiz va yangi mavsum uchun aniq vazifalarni belgilab olamiz, - dedi tajribali mutaxassis.  

Ta`kidlab o`tamiz, Pepsi Superliga 1-turi doirasidan o`rin olgan AGMK — “Buxoro” bahsi 9 mart, shanba kuni soat 18:00da bo`lib o`tadi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb