Xabaringiz bor, 2018 yil 17 dekabr sanasidan e`tiboran klublar yangi futbolchilar bilan shartnomalar tuzish va shartnomalarni PFL ro`yxatidan o`tkazishi mumkin. Bu jarayon joriy yilning 7 mart sanasiga qadar davom etadi.
Pepsi Superliga klublari allaqachon yangi o`yinchilarini ro`yxatdan o`tkazish jarayonini boshlab yuborishgan. Endilikda Pro liga “A” guruhi hamda “B” guruhida ishtirok etadigan klublar ham o`z futbolchi, murabbiy va jamoa rasmiylarini yangi mavsum uchun PFL Musobaqalarni o`tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasida ro`yxatidan o`tkazishi mumkin.
Qayd etish joiz, 11 mart sanasidan e`tiboran PFL kubogi bellashuvlari start oladi. Mazkur kubokda g`olib chiqqan jamoaga Pro-liga “A” guruhi uchun imtiyozli yo`llanma taqdim etish rejalashtirilgan.