Professional futbol ligasi “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi imzoladi

O`zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum davomida o`zaro hamkorlik qilish bo`yicha bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib borayotgani sir emas. Maqsad bitta — bosqichma-bosqich klublar gardanida turgan talablarni yumshatish hamda bir necha yil ichida tashkilotni o`z-o`zini moddiy ta`minlay oladigan, kerak bo`lsa jamoalarni moddiy rag`batlantira ham oladigan holatga keltirish.

Bugun tashkilotimiz “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi imzoladi. Natijada “O`zbekinvest” O`zPFLning rasmiy sug`urta hamkoriga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida “O`zbekinvest” O`zPFL bayrog`i ostidagi musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini homiylik yordami asosida sug`urtalaydi. Bu orqali Professional futbol ligasi klublarning sug`urta uchun sarf etadigan summalarini kamaytirish, sug`urta polisidagi futbolchilarga berilayotgan chegirmalarni esa ko`paytirishga erishadi. 

Mazkur hamkorlik har ikki tomon uchun ham manfaatli bo`lishiga umid bildiramiz. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb