
Bugun O`zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo`lib o`tdi.
“Paxtakor” stadionida kechgan bahda “Lokomotiv” AGMKga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Anchagina qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan o`yin yakuniga ko`ra, “Lokomotiv” o`z tarixida ikkinchi marta mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi.
Qayd etish joizki, Superkubok bahsi ancha yuqori darajada tashkil etildi. O`yin oldidan el suygan san`atkorlar ishtirokida kontsert dasturi tashkil etildi. Uchrashuvdan so`ng bo`lib o`tgan taqdirlash marosimi ham o`zgacha tarzda o`tdi. Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev, O`FA 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov, O`zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi rahbari Erjan Bulut hamda Superkubok o`yini bosh homiysi – KOC Elektrik AS kompaniyasi rahbari Ali Sarikoch O`zbekiston Superkubogi-2019 g`oliblariga sovrin topshirishdi.