
Bugun O`zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo`lib o`tdi.
“Paxtakor” stadionida kechgan bahda “Lokomotiv” AGMKga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Anchagina qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan o`yin yakuniga ko`ra, “Lokomotiv” o`z tarixida ikkinchi marta mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi.
O`zbekiston Superkubogi-2019
"Lokomotiv" – AGMK 2:1
23 fevral. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18171 tomoshabin.
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Andrey Tsapenko, Jasur Muxtorov.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov.
Komissar: Erkin Baxtiyorov.
Gollar: Temurxo`ja Abduxoliqov, 12 (1:0).Yovan Jokich,74 (2:0).Zafar Polvonov,77 (2:1).
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov (Azizbek Haydarov, 75), Sardor Mirzaev, Temurxo`ja Abduxoliqov (Filipp Raevats, 86), Husniddin G`ofurov, Islom To`xtaxo`jaev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteev (Igor Yelich, 68), Diyor Turopov
Zaxira: Ma`mur Ikromov, Avazbek O`lmasaliev, Alisher Shog`ulomov, Arslonmurod Omonov.
AGMK: Suhrob Sultonov, Mirjamol Qosimov (Jasur Hakimov, 62), Dilshod Jo`raev, San`at Shixov (Shahboz Umarov, 79), Zafar Polvonov, Jasur Hasanov, Mirolyub Kostich (Marko Zochevich, 40), Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Bobur Yuldoshev.
Zaxira: Akbar To`raev, Zohir Pirimov, Mirg`iyos Sulaymonov, G`ulom Haydar G`ulomov.
Ogohlantirishlar: Filipp Raevats (90+2) - Saydullo Rahmatov (52).