“Paxtakor”, AGMK va “Buxoro” O`FA talablarini to`liq bajarishga tayyorligini ma`lum qildi

2019 yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablaridan kelib chiqib Professional futbol ligasi Superliganing 5 ta klubini rasman ogohlantirgandi: AGMK, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Metallurg” va “Buxoro”.

Kecha — 22 fevral kungi dedlayndan kelib chiqib, AGMK, “Paxtakor” va “Buxoro” futbol klublari litsenziyalash talablarini to`liq bajarish yuzasidan kafolat xati taqdim etdi. “Lokomotiv” va “Metallurg” klublari taqdim etgan xat esa PFL uchun tushunarsiz bo`ldi.

Bugun — 23 fevral kuni PFL Superliga klublarining hozirgi kunga qadar amalga oshirgan ishlari yuzasidan O`zbekiston futbol assotsiatsiyasiga hisobot taqdim etadi. Litsenziyalash bo`yicha qo`mita esa ishni o`rganib, o`z xulosasini taqdim etadi. 

Professional futbol ligasi O`FA tomonidan qo`yilgan talablar yuzasidan ish olib bordi. Tashkilot Superliga bellashuvlariga qur`a tashlash, musobaqalarni o`tkazish kabi ishlarga tayyor. Navbat O`FA Litsenziyalash qo`mitasi o`z xulosalari bilan Superliga ishtirokchilari nomiga oydinlik kiritib berishiga etib keldi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb