
Xabaringiz bor, O`zbekiston Superkubogi-2019 o`yini 23 fevral kuni bo`lib o`tadi.
Mamlakat chempioni “Lokomotiv” hamda O`zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o`rtasida kechadigan Superkubok o`yini poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi va 16:00 da start oladi. Qayd etish joiz, uchrashuv “Sport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etiladi.
Mazkur uchrashuvga tashrif buyurish niyatida bo`lgan OAV xodimlari 2018 yilgi mavsumdagi akkreditatsion kartalari bilan stadionga tashrif buyurishlari mumkin. Shuningdek, o`tgan mavsumda PFLda akkreditatsiyadan o`tmagan, biroq Superkubok bahsini bevosita stadiondan yoritishni istagan OAV vakillariga esa bir martalik akkreditatsion kartalar taqdim etiladi. Buning uchun PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga 22 fevral 17:00ga qadar o`z ism-familiyangiz va faoliyat olib boradigan nashringiz nomini yozib yuborsangiz etarli.
Bir martalik akkreditatsion kartalar o`yinoldi matbuot anjumani paytida taqdim etiladi.
2018 yilda akkreditatsiya olgan jurnalistlar esa “Paxtakor” stadioniga o`zlarida mavjud akkreditatsion kartalar bilan kirishlari mumkin bo`ladi.