
Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga ham borgan sayin oz muddat qolmoqda.
Bilasiz, yangi mavsumni O`zbekiston Superkubogi uchun o`tkaziladigan o`yin ochib beradi. Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O`zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.
O`zbekiston Superkubogi-2019 o`yini 23 fevral kuni bo`lib o`tadi. Bellashuv poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida o`tadi. O`yin 16:00 da start oladi va “Sport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etiladi.