2019 yilda Superligada Adidas Conext 19 to`plaridan foydalaniladi

Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga borgan sayin oz muddat qolmoqda.

Professional futbol ligasi yangi mavsumga qizg`in hozirlik olib bormoqda. Kelayotgan mavsum davomida Superliga, Pro-liga, mamlakat kubogi, qolaversa, mamlakat Superkubogi bellashuvlarini yuqori darajada tashkil etish, o`yinlar translyatsiyasi, stadionlarda muxlislarga yaratiladigan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash borasida ish olib borilmoqda. 

Shu o`rinda qayd etish joizki, nafaqat o`yin atrofidagi, balki o`yin ichidagi muhim omillar ham yuqori saviyada bo`lishi – asosiy maqsad qilib qo`yilgan. Shu boisdan yangi – 2019 yilgi mavsumda O`zbekiston chempionati va kubogi, shuningdek, Superkubok uchrashuvlarida ayni paytda jahonning bir qator etakchi ligalarida rasmiy to`p bo`lgan AdidasConext 19 to`plaridan foydalaniladi. Mazkur to`plar ancha sifatli va tajribadan o`tgan bo`lib, hozirda Osiyo Chempionlar ligasida ham aynan AdidasConext 19 to`plaridan foydalanilmoqda. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb