“Lokomotiv”, “Qo`qon-1912” va “Buxoro” futbolchilarini belgilangan muddatda PFLda ro`yxatdan o`tkazmadi

Yurtimizda yangi mavsum start olishiga borgan sayin oz muddat qolmoqda. 

O`zbekiston Professional futbol ligasi klublarga yangi mavsum uchun o`z futbolchi, murabbiy hamda rasmiy shaxslarini PFLda ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha grafik taqdim etgan edi.

Deyarli barcha klublar o`zlari uchun belgilangan muddatda ro`yxatdan o`tkazish jarayonini amalga oshirishmoqda. Biroq “Lokomotiv”, “Qo`qon-1912” va “Buxoro” klublari jadvalda belgilangan muddatlarda jamoa futbolchi, murabbiy hamda rasmiylari hujjatlarini ro`yxatdan o`tkazish uchun olib kelmadi. 

Ariza hujjatlarini rasmiylashtirish O`zPFL tomonidan belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirlishi, muddatga amal qilmaslik esa O`FAning Intizom va odob-ahloq qo`mitasi kodeksiga muvofiq jarima solinishiga olib kelishi Musobaqalar reglamentida belgilab qo`yilgan. Qayta ariza topshirishga jarima to`langandan keyin ruxsat beriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb