Turkiyaning KOC kompaniyasi O`zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo`ladi

Yangi futbol mavsumi start olishiga sanoqli kunlar qoldi. Mavsum O`zbekiston Superkubogi uchun o`tkaziladigan o`yin bilan ochib beriladi.

Mamlakat chempioni “Lokomotiv” hamda O`zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o`rtasida kechadigan Superkubok o`yiniga Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi bosh homiy bo`ladi.

Ushbu kompaniya O`zbekiston bozoriga futbol orqali kirish niyati bor ekanini bildirdi. Mamlakat Superligasi homiyligi uchun asosiy nomzod bor ekanidan kelib chiqib, PFL KOC Elektrik AS uchun Superkubok o`yinini taklif qildi. 

Kompaniya vakillari 2019 yilgi mavsum davomida milliy chempionatimiz uchrashuvlari tashkilotchiligi, shuningdek, Superliga brendi ommalashuvini o`rganib boradi. Agar barchasi ko`ngildagidek ketsa, ushbu kompaniya bilan hamkorlik 2020 yildan boshlab yanada kattaroq masshtabda davom etishi mumkin. 

O`zbekiston Superkubogi-2019 o`yini 23 fevral kuni bo`lib o`tadi. Bellashuv poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 16:00 da start oladi va “Sport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etiladi. Avvalroq uchrashuv 15:00 ga tayin qilingandi. Yangi kelishuvdan keyin Professional futbol ligasi muxlislar ko`nglini olish uchun kontsert dasturini ham rejalashtirdi hamda “Sport” bilan kelishib, uchrashuvni 16:00 ga ko`chirdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb