Yangi mavsum oldidan yakuniy litsenziyalash bo`yicha tekshiruv jarayoni boshlandi

Xabaringiz bor, Superliga va Pro-liga klublari yangi mavsum uchun futbolchi va murabbiylarini ro`yxatdan o`tkazishi uchun avvalo bir qator talablarni bajarishi lozim bo`ladi.

Oldindan ma`lumot berilganidek, “O`FA va O`zPFL tomonidan o`tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo`yicha reglament”da ko`rsatilgan talablar, jumladan o`z akademiyasiga ega bo`lish, uy stadioni maydoni yaxshi holatda bo`lishini ta`minlash hamda futbolchilari oldida qarzdorligi mavjud emasligini ko`rsatgan klub haftaning istalgan kunida yangi futbolchilari bilan shartnomalarni ro`yxatdan o`tkazishi mumkin.

Biroq yangi mavsum starti borgan sayin yaqinlashayotgan bo`lsa-da, yuqorida sanab o`tilgan u yoki bu talabni bajarishni biroz paysalga solayotgan klublar ham yo`q emas.

Klublarda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday olib borilayotgani bilan yaqindan tanishish maqsadida PFL monitoring guruhlari 9 fevral kuni bir qator klublarga tashrif buyurib, qanday kamchiliklar mavjud ekani va ularni bartaraf etish to`g`risida klublarga tavsiyalar bergan edi. 

Bugundan litsenziyalash bo`limi yakuniy tekshiruv jarayonini boshladi. Bugun dastlab “Bunyodkor” klubi litsenziyalash bo`yicha talablarni qay darajada bajargani monitoringdan o`tkazildi. Ertaga AGMK jamoasi litsenziyalash bo`yicha tekshiruvdan o`tadi. Mazkur jarayon 20 fevralga qadar davom etadi va barcha klublar bo`yicha yakuniy xulosalar O`FAning maxsus komissiyasiga taqdim etiladi.   

mib
uzcard
cola
apex
bmb