Barcha futbolchilar va futbol klublari diqqatiga

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbolchilarga beriladigan ko`tarma pullari masalasini tartibga solish yuzasidan ish olib borayotgani barchaga ma`lum. Shundan kelib chiqib, barcha futbol klublari ko`tarma pullarini berish tartibiga mas`uldir.

PFL tomonidan taqdim etilgan shartnomalarda futbolchilarga ko`tarma pullari oyma-oy bir xil miqdorda berilishi belgilab qo`yilgan. Tashkilot yilda ikki marta o`tkaziladigan audit tekshiruvida bu jihatga jiddiy e`tibor qaratadi. Agar biror futbolchi ko`tarma pulining katta qismini birdaniga olgani aniqlansa, O`FA mazkur jarayon yuzasidan ish ochadi. Bunda futbolchi ham, klub ham jiddiy sanktsiyalar bilan yuzlashadi.

Ayni vaqtda na O`FA va na PFL ko`tarma pullari miqdorini chegaraladi. Ammo uni to`lash tartibini aniq ko`rsatib berdi. 2020 yildan boshlab davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublarida ko`tarma puli degan tushunchaning o`zi bo`lmaydi. 

Bungacha ko`tarma pullarini birdaniga talab qilgan futbolchilarning keyingi faoliyatlari qoniqarli bo`lmagan holatlar ko`p. 2019 yilda barcha futbolchilar o`z daromadlaridan to`lanadigan soliqlarga, o`zlari tuzgan shartnomalarga jiddiy munosabatda bo`lishlari shart. Bularning barchasiga klublar javobgardir.

Shuningdek, mazkur jarayonda futbolchilarning o`zlari ham jazoga tortilishi mumkin. Futbolchilar o`zlari talab qilayotgan umumiy summani klublardan oyma-oy olishi shart. Biror klub rahbariyati yoki mas`ul shaxs futbolchiga oldindan beriladigan ko`tarma pulini va`da qilib, bu ishni amalga oshirgani aniqlansa, har ikki taraf ham jazoga tortiladi. O`FA va PFL futbolchilarga, murabbiylarga to`lanadigan oyliklar miqdoriga aralashmaydi. Ammo ularning berilishi tartibi jiddiy nazoratda bo`ladi. 

Professional futbol ligasi futbol jamoatchilikdan mazkur masala yuzasidan futbolchilarni ogohlantirishda yordam so`raydi. Biror iqtidorli futbolchining sanktsiyalar ortidan jabr chekishi tashkilot uchun kerak emas. Ammo u qanday darajadagi futbolchi bo`lmasin, umumiy tartiblarga, qonun va qoidalarga amal qilishi shart. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb