2019 yilgi O`zbekiston Chempionati va Kubogi uchun akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

2019 yilgi O`zbekiston Chempionati va Kubogi bahslari uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o`tkazish jarayoni davom etmoqda.

2019 yilgi Superliga, Pro-Liga va O`zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o`zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o`z hodimlari ro`yxati kiritilgan arizani 4 fevral kunidan 17 fevralgacha O`zPFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga jo`natishlari talab etiladi.

Akkreditatsiyaga ariza berish namunasi va talablari bilan O`zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo`limidagi «Akkreditatsiyadan o`tkazish tartibi» faylini ko`chirib olish orqali tanishish mumkin.

Ma`lumot o`rnida, 2013 yilda O`zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditatsiyadan o`tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo`lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berish jarayonida e`tibor qaratiladigan jihatlar batafsil ko`rsatib o`tilgan.

Qayd etish joiz, akkreditatsiya sportga ixtisoslashgan internet-nashrlari hodimlariga nashrning O`zbekiston qonunchiligiga asosan rasman ro`yxatdan o`tganligi va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo`lishiga qarab berilishi ko`zda tutilgan. 

Ta`kidlab o`tamiz, 2019 yilgi mavsum uchun barcha turdagi akkreditatsiya kartalari faqat O`zPFL matbuot xizmati tomonidan beriladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb