“Qo`qon-1912” – Farg`ona Viloyati “Hokim kubogi-2019” g`olibi

Yangi mavsum start olishi arafasida Farg`onada an`anaviy tarzda o`tkazib kelinadigan Farg`ona viloyati “Hokim Kubogi” bahslari ancha shiddatli tarzda kechdi. 

Turnir davomida nafaqat Vodiyning, balki O`zbekistonning aksariyat jamoalari ushbu musobaqa orqali yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini olib borishdi.  Bugun mazkur musobaqaning hal qiluvchi – final o`yini bo`lib o`tdi. Unda Farg`ona viloyatining ikki grand klublari azaliy qarama-qarshiligi kuzatildi. “Neftchi” hamda “Qo`qon-1912” jamoalari to`qnashuvida qo`qonliklar Timur Usmonov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga musobaqa bosh sovrinini qo`lga kiritishdi. 

 

“Viloyat hokim kubogi-2019”

Final / "FarDu" stadioni

“Qo`qon-1912” – “Neftchi” – 1:0

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Aleksandr Burov, Baxtiyor Shavkatov, Olim To`ychiboev.

Gol: Timur Usmonov (48)

“Qo`qon-1912”: Boyan Knejevich, Jamshid Hasanov, Avaz Mamatxo`jaev, Quvondiq Ro`ziev, Suhrob Berdiev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Shaxboz Erkinov, Iqbol Malikjonov, Timur Usmonov. 

“Neftchi”: Muzaffar Abdullaev, Mirjalol Ne`matov, Shodiyor Hojimatov, Davron Mamatov, Jamshid Qobulov, Hamidullo Abduhamidov, Xurshid Asqaraliev, Idris Bikmaykin, Abdujamol Manazarov, Diyor Irmatov, Otabek Zokirov. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb