
Muxlislar o`rtasida o`zbek klublari uchun ramz, timsol, shior yoki madhiya ishlab chiqish bo`yicha tanlov e`lon qilganimizdan xabaringiz bor. PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga ko`p sonli ishqibozlardan sevimli jamoalari uchun madhiya, shior yoki ramz (xatto yangi logotip) ishlab chiqish bo`yicha takliflar kelib tushmoqda.
Har kuni u yoki bu jamoa uchun shior, ramz yoki timsol bo`yicha taklif etilayotgan ishqibozlar talqinlarini e`tiboringizga havola etib boramiz.
---
Jahongir ismli muxlis “Surxon” jamoasini “Yo`lbarslar” deya atashni (Jamoa ramzi yo`lbars bo`lishini) taklif etdi va jamoa fan-klubi uchun o`ziga xos logotip bo`yicha g`oyasini taqdim qildi.
---
Shoxruh Safaev ismli muxlis “Sherdor” jamoasi maskoti uchun o`z talqinini yubordi.
---
Muhammad Ibrohim Latifjonov ismli muxlis “Qo`qon-1912” jamoasi logotipi uchun o`z talqinini yubordi. Marhamat, ko`rib baho bering.
---
“So`g`diyona” jamoasi muxlisi tomonidan yuborilgan Jizzax jamoasi madhiyasi uchun taklif sifatida yozilgan she`r matnini e`tiboringizga havola etamiz:
Jizzaximning bosh klubi,
Xalqning faxri “SO`G`DIYoNA”.
Muxlisingmiz o`yna tolma,
Chempion bo`l “SO`G`DIYoNA”.
Raqiblaring xurmat qilsin,
Seni har dam dunyo bilsin.
Futbolchilar gollar ursin,
To`xtamagin “SO`G`DIYoNA”.
Zavqlar olsin o`yiningdan,
G`alabangdan dil quvonsin.
Qalbimizni xursand aylab,
Yaxshi o`yna, “SO`G`DIYoNA”!
Chempion bo`l sen jahonda,
Dunyo xalqi olqishlasin.
O`zbeklarga havas qilsin,
Iftixorim – “SO`G`DIYoNA”.
Buyuklar ham sendan chiqsin,
Pele, Messi dog`da qolsin.
Bu xilma-xil yutuqlar ham,
Senla bo`lsin, “SO`G`DIYoNA”.
Futbol ahli xayron qolsin,
Xayron qolsin OFK ham.
Faxrlansin O`ZBEKISTON..!
Super klub – “SO`G`DIYoNA”.
Muallif: Abdurahmon Achilov.