Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida “Qizilqum” jamoasi Toshkentda yig`in o`tkazganidan xabaringiz bor.
Poytaxtdagi yig`in davomida navoiyliklar uchta nazorat uchrashuvini o`tkazishib, ularning barchasida (“Qizilqum” – “Qo`qon-1912” 3:2, “Qizilqum” – “Bunyodkor” 3:1, “Qizilqum” – “Buxoro” 2:1) g`oliblikka erishishgandi.
24 yanvardan jamoa Navoiyga qaytdi va o`z qarorgohida mashg`ulotlar olib bordi. Kuni kecha jamoa futbolchilariga qisqa ta`til berildi. Endilikda navoiyliklar 9 fevraldan yana to`planishadi va 10 fevral kuni xorij yig`ini o`tkazish uchun Turkiyaga yo`l olishadi. “Qizilqum” 10-21 fevral kunlari Antaliyada o`quv-mashg`ulot yig`ini tashkil etadi. Yig`in mobaynida bir qator sinov-nazorat bahslarida maydonga tushish ko`zda tutilgan.