23 fevral kuni O`zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo`lib o`tadi

Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga ham borgan sayin oz muddat qolmoqda. Yangi mavsumni O`zbekiston Superkubogi uchun o`tkaziladigan o`yin ochib beradi.

Bilasiz, Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O`zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.

Oldinroq xabar berilganidek, O`zbekiston Superkubogi-2019 o`yini 23 fevral kuni bo`lib o`tadi. Mazkur bahs poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin Sport telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etiladi va uchrashuv soat 15:00da start oladi.

Uchrashuvdan bir kun avval har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi. Shuningdek, o`yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida yurtimizning el suygan san`atkorlari ishtirokida kontsert dasturi va turli tadbirlar tashkil etiladi.

Qolaversa, mazkur o`yinni yuqori saviyada tashkil etish borasida Respublika mahallalar kengashi tomonidan ham bir qator aktsiyalar o`tkazilishi mo`ljallangan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarga o`yin oldidan turli sovg`a-salomlar ham taqdim etiladi. Shu kuni stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarni yana boshqa syurprizlar ham kutadi. 

 

Qayd etish joiz, O`zbekiston Superkubogi uchun uchrashuvlar shu paytga qadar 4 marta o`tkazilgan. 

 

1999 yil. Navbahor (Namangan) 4:2 Paxtakor (Toshkent)

2014 yil. Bunyodkor (Toshkent) 2:1 Lokomotiv (Toshkent)

2015 yil. Lokomotiv (Toshkent) 4:0 Paxtakor (Toshkent) 

2016 yil. Nasaf (Qarshi) 1:0 Paxtakor (Toshkent) 

mib
uzcard
cola
apex
bmb