“So`g`diyona” futbol klubi 1970 yilda Jizzax viloyatida “Jizzax” nomi ostida tashkil topgan.
Jamoa 1992 yilgi birinchi O`zbekiston chempionatida juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan va natijada “So`g`diyona” Oliy ligadagi ilk mavsumida bronza medallari egasiga aylangan. O`sha yili ikkita jamoa, ya`ni “Paxtakor” va “Neftchi” chempion bo`lganligi sababli, kumush medal xech bir klubga topshirilmagan. Jizzaxliklar esa 3-o`rin egasi sifatida e`tirof etilishgan.
2002 yilgacha Oliy ligada qatnashib kelgan “So`g`diyona”, shu yili 16 o`rinni egallab, 2003 yilgi mavsumni Birinchi ligada o`tkazgan. Quyi ligada birinchi o`rinni egallab, 2004 yili Oliy ligaga qaytgan va 2006 yili Birinchi ligaga tushib ketgan. O`sha yillari jamoaga barqarorlik etishmagan va natijada yana bir necha yil klub elita va quyi ligada navbatma-navbat ishtirok etgan. 2013 yildan buyon yuqori divizionda muntazam o`ynab kelmoqda.
Erishgan yutuqlari
O`zbekiston chempionati bronza medali sohibi (1992)
PFL Kubogi sohibi (2011, 2012)
Jamoada to`p surgan mashhur futbolchilar
Vadim Abramov
Oleg Morozov
Pyotr Gizimchuk
Sergey Zirchenko
Stepan Atoyan
Aleksey Jdanov
Anvar G`ofurov
Davron Fayziev
No``mon Hasanov
Rustam Zabirov
Sergey Lebedev
Spartak Murtazoev
Devid Oniya
Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar
Viktor Borisov
Axrol Inoyatov
Gennadiy Krasnitskiy
Sergey Dotsenko
Rauf Inileev
Suyun Murtazoev
Oleg Tyulkin
Davron Fayziev