Qo‘mita qarorlariga hurmatsizlik qilayotgan Superliga klublariga nisbatan sanksiya qo‘llaniladi

02.07.2024

Qo‘mita qarorlariga hurmatsizlik qilayotgan Superliga klublariga nisbatan sanksiya qo‘llaniladi

Superliga, Proliga, Birinchi liga, U21 chempionati, U19 chempionati kabi musobaqalarda birinchi davra yakunlandi. Liga musobaqalarni o‘tkazish, qator shartnomalar bo‘yicha kelishuvlarni o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirdi. 

Biroq ayrim professional futbol klublarida shartnomalar va kelishuvlarda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik odat tusiga aylangan. Oqibatda, O‘FA tegishli qo‘mitasi futbolchilar, murabbiylar yoki boshqa tashkilotlar arizasiga ko‘ra klubga nisbatan ish ochishiga to‘g‘ri keladi. Afsuski, ba’zida qo‘mita tomonidan chiqarilgan qaror ijrosi ham o‘z vaqtida amalga oshmaydi. 

Liga bu kabi holatlarga ortiq toqat qilish mumkin emas deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqib, transfer oynasi davomida ayrim klublarga nisbatan cheklovlar joriy qiladi hamda bosqichma-bosqich barcha masalani ochiqlaydi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib