Bosh murabbiy masalasida “Buxoro” futbol klubi rasman ogohlantirildi

07.12.2018

Bosh murabbiy masalasida “Buxoro” futbol klubi rasman ogohlantirildi

“Buxoro” futbol klubi matbuot xizmati jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida Shuhrat Fayziev olib kelinayotgani borasida xabar e`lon qildi. Professional futbol ligasi shuni rasman ma`lum qiladiki, “Buxoro” futbol klubi mazkur mutaxassisni bosh murabbiy sifatida Superliga o`yinlari uchun ro`yxatdan o`tkaza olmaydi.

Futbol klublari o`tgan oyning so`nggi o`n kunligida 2019 yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablarini qo`lga kiritgandi. Shuningdek, litsenziyalash talabi jamoatchilik uchun ham ochiqlandi. Unda 2019 yilgi mavsumdan boshlab Superliga klublari bosh murabbiylarida “Pro” litsenziyasi bo`lishi shart ekani ko`rsatib qo`yilgandi. Shuhrat Fayziev esa faqatgina “A” litsenziyasining egasi hisoblanadi.

Superligada faoliyatini davom ettirish istagida bo`lgan mutaxassislar ayni kunlarda Toshkentda bo`lib turibdi va ular “Pro” litsenziyasi uchun kurslarda ishtirok etyapti. Xususan, “Buxoro” futbol klubining endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Ulug`bek Baqoev ham ular orasida bor. Biroq Shuhrat Fayziev o`z malakasini oshirish imkonini beruvchi mazkur kursda o`qish istagini bildirmagan.

Bundan tashqari, “Buxoro” futbol klubi o`z zimmasidagi qarzdorliklar masalasini ijobiy hal qilmaguniga qadar, yangi murabbiy va futbolchilar ro`yxatdan o`tkazilmaydi. Bu boradagi rasmiy ogohlantirish xati klubga etkaziladi. Shuningdek, klub vakillari futbol akademiyasi hamda stadion maysasi haqida ham qayg`urishi shart.   

Ma`lumot uchun, avvalroq Jizzaxning “So`g`diyona” klubi ham shunga o`xshash ogohlantirish xati qabul qilib olgandi

cola
apex
mib
mib
mib
mib