Habaringiz bor, bugun “Milliy” stadionda El-Klasikoga bag`ishlangan katta bayram bo`lib o`tmoqda. Shou dasturning boshlanishida yurtimizga mehmon bo`lib kelgan La Liga elchisi Luis Garsiya akademiya o`quvchilari uchun mahorat darsini o`tib berdi. So`ngra tomoshabinlar La Liganing O`zbekistondagi elchisi xonanda Shahzoda ishtirokidagi kontsert dasturidan bahramand bo`ldilar.
Undan keyin muhlislar yaqin o`tmish o`zbek futbolchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokidagi futbolga guvoh bo`ldilar. Azamat Abduraimov, Temur Kapadze, Zayniddin Tojiev, Asror Aliqulov, Viktor Karpenko,,Ildar Magdeev, Aleksandr Xvastunov, Leonid Koshelev, Farxod Tojiev, Xayrulla Karimov, Oleg Qahhorov, Murod Rizaev, Hayrullo Xamidov va Luis Garsiya ishtirokidagi futbol-shousini tomosha qildilar. Ularga sovrin tariqasida La Liganing yangi kubogi vaqtinchalikka topshirildi.