Sadriddin Abdullaev ikkita uchrashuvga chetlatildi

02.10.2018

Sadriddin Abdullaev ikkita uchrashuvga chetlatildi

O`zbekiston kubogi 1/4 final bosqichi doirasidagi “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvining 42-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Sadriddin Abdullaev raqibi Dragan Cheranga bosh bilan zarba berib, uning maydonga yiqilishiga sababchi bo`lgandi.

Vaziyatga yaqin turgan uchrashuv bosh hakami Ahrol Risqullaev “Lokomotiv” vakili Sadriddin Abdullaevni qizil kartochkaga munosib ko`rib, uni maydondan chetlatgandi. 

“Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvining 42-daqiqasida yuz bergan mazkur vaziyat atroflicha o`rganib chiqildi. Natijada, Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo`lim 5.45 bandining “I” qismini qo`pol ravishda buzganligi uchun “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Sadriddin Abdullaev navbatdagi ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatildi hamda unga nisbatan 10 000 000 (o`n million) so`m miqdorida jarima belgilandi. 

Shuningdek, o`sha vaziyatda professional futbolchiga xos bo`lmagan hatti-harakat bilan provakatsiya boshlagani uchun “Paxtakor” a`zosi Dragan Cheran 5 000 000 (besh million) so`m miqdorida jarimaga tortildi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib