AGMK noyabr oyiga qadar o`z akademiyasi borasida taklif kiritishi kerak

19.09.2018

AGMK noyabr oyiga qadar o`z akademiyasi borasida taklif kiritishi kerak

AGMK futbol klubidagi eng asosiy masala futbol akademiyasi bilan bog`liq.

Oktyabr oyida jamoa o`z akademiyasi aynan qaysi mavzeda qurilishi masalasi yuzasidan ish olib borilishi kerak. Shuningdek, 2019 yilgi klub smetasida akademiya harajatlari aniq ko`rsatib qo`yiladi. Akademiya to`liq ishga tushmaguniga qadar, smeta harajatlari akademiya qurish ishlariga yo`naltiriladi. 

Ayni vaqtda AGMKda turli yosh toifasida mashg`ulotlar olib borayotgan futbol maktabi mavjud. Maktab tarbiyalanuvchilari formalar, to`plar, inventarlar bilan ta`minlangan. PFL talab qilayotgan futbol akademiyasida esa 7 yosh toifasi — 11 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan futbolchilar to`p surishi kerak. Akademiya tarbiyalanuvchilariga biriktirilgan murabbiylar hamda akademiya uchun javobgar shaxs qanday litsenziyaga ega bo`lishi borasidagi ma`lumot klub rahbariyatiga taqdim etildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib