AGMK futbol klubida bo`lib qaytgan Professional futbol ligasi ishchi guruhi shtat jadvalidagi bir qator kamchiliklarga e`tibor qaratdi.
Superliga ishtirokchisi bo`lgan jamoada shu vaqtga qadar texnik direktor faoliyat olib bormayapti. Jamoada, shuningdek, tijoriy masalalar bilan shug`ullanuvchi mas`ul ham yo`q. PFL o`yinlar chiptasi, fan-klub bilan ishlash, tashqi reklama masalalari, homiylar bilan ishlash, bannerlarni joylashtirish kabi masalalarga jiddiy e`tibor qarayotgan bir vaqtda, AGMK klubida yuqoridagi kabi ishlarga mas`ul bo`lgan xodimning o`zi yo`q. Biroq klub bazasiga kiraverishda AGMK klubi professional klub deb ko`rsatilgan.
AGMK futzal jamoasi bir necha yillardan buyon xalqaro maydonda ishtirok etadi. Shuningdek, klub Osiyo futbol konfederatsiyasi qo`ygan talablar bo`yicha yilda ikki marta litsenziyalashdan o`tishi kerak. Demak, AGMK klubi kelasi mavsumdan e`tiboran xalqaro masalalar bilan ishlovchi xodimni ham ro`yxatdan o`tkazishi kerak bo`ladi.
AGMK klubida sayt admini o`rni ham tashkil etilishi shart. Matbuot kotibi vazifalari “Metallurg” borasidagi xulosada o`z ifodasini topgandi.