PEPSI Superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidagi “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsi 90+4 daqiqasida “temiryo`lchilar” jamoasi zaxira o`rindig`ida o`tirgan futbolchi – Marat Bikmaev hakamlar guruhi sha`niga noma`qul so`zlar ishlatdi. Natijada o`yinni boshqarib borgan hakam – Vladislav Tseytlin ushbu futbolchini maydondan chetlatdi.
Vladislav Tseytlin yozma bildirgi orqali ushbu vaziyatga izoh berarkan, Bikmaev avvaliga zaxira hakamini, so`ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini ma`lum qildi.
Mazkur vaziyat atroflicha o`rganib chiqildi va Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo`lim, 5.45 bandining “E” qismini qo`pol ravishda buzgani e`tirof etilgan Marat Bikmaev navbatdagi ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatildi va futbolchiga nisbatan 10 000 000 so`m miqdorida jarima belgilandi.