Tayyor mablag`ga o`rgangan klublar muxlislar bilan ishlashda ancha sust. Sizda taklif bormi?

17.09.2018

Tayyor mablag`ga o`rgangan klublar muxlislar bilan ishlashda ancha sust. Sizda taklif bormi?

20 sentyabr kuni Pepsi Superligasi klublarining muxlislar bilan ishlash bo`yicha etakchilari, tijorat bo`yicha mas`ullari hamda stadion bo`yicha mas`ullar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tadi. Professional futbol ligasida bo`lib o`tadigan uchrashuvda muxlislar bilan ishlash masalasi asosiy mavzu bo`ladi.

Chempionat startidanoq PFL muxlislar masalasida o`zgarishlarga qo`l urdi. Futbol uchrashuvlari ish kunlari 18:00 dan erta boshlanmasligi ta`minladi. Shuningdek, muxlislarga qulayliklar yaratish maqsadida PFL ichki ishlar organlari bilan hamkorlik olib bordi hamda ichimlik suvlari, oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga yo`l ochildi. Ramazon oylarida muxlislarning og`iz ochish vaqtlari, farzlarini ado etishlari masalasi inobatga olindi. Ular Jahon chempionatini bemalol kuzatib borishlari uchun chempionatda tanaffus ham e`lon qilindi.

Ko`rinishidan, futbol klublari bu ishni o`zlari davom ettiradigandek edi. Ammo amalda bunday bo`lib chiqmayapti. Muxlislar bilash ishlash masalasida Superliga klublari 23-turda ancha past natija qayd etdi. Odamlar ko`nglini yozishi uchun choralar ko`rilmagani aniqlandi.

Vaholanki, klublar aslida bundan manfaatdor bo`lishi kerak. Klub pul ishlashi uchun muxlislar bilan doim ish olib borilishi shart. Tayyor mablag`larga o`rganib qolgan klublar rahbariyatiga esa bu ortiqchadek. 2019 yildan boshlab PFL klublar hisob raqamiga pullarning kelib tushishi masalasiga jiddiy e`tibor beradi. Chiptalar savdosi, homiylik mablag`lari, transferlardan tushadigan daromad klublar rivojlanishi uchun muhim. Talab darajasida ishlay olmayotgan rahbarlar esa o`z o`rnini ishchan, futbolni sevuvchi va uning rivoji yo`lida mehnat qiluvchilarga bo`shatib berishi kerak bo`ladi. 

Professional futbol ligasi shu o`rinda futbol muxlislariga ham yuzlanadi. Ular stadionlarga yanada yaqinroq bo`lishlari uchun qanday choralarni amalga oshirish kerak? Marhamat, o`z taklifingizni quyidagi pochta manzili (info@pfl.uz)ga yozib yuboring yoki tashkilotimizning Instagram sahifasidagi shu mavzudagi surat ostiga izoh qoldiring. Klublar rahbariyati esa buning ustida ish olib borishi shart bo`ladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib