PFL “Metallurg” klubining kelasi mavsum uchun tayyorgarligini tekshiruvdan o`tkazadi

14.09.2018

PFL “Metallurg” klubining kelasi mavsum uchun tayyorgarligini tekshiruvdan o`tkazadi

PEPSI Superliga va Pro Liga klublari 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlashi haqida xabar bergan edik.

Odatda futbol klublariga tegishli bo`lgan infratuzilmalar yangi mavsum starti oldidan ko`zdan kechirib chiqilar edi. Ba`zida stadionlar talabga javob bermasa ham, vaqt tig`izligi hisobidan nailoj jamoalarga chempionatda ishtirok etish uchun ruxsat berilgan.

Professional futbol ligasi Superliga va Pro Liga klublarini ikki oy muqaddam yozma ravishda ogohlantirgan bo`lib, unga ko`ra sentyabr—oktyabr oylarida barcha jamoalar PFL komissiyasi tekshiruvidan o`tadi. Bunda akademiya, stadion, klub qarorgohi va boshqa bir qator masalalar yuzasidan xulosalar beriladi. Oldindagi yarim yil ichida mavjud kamchiliklar bartaraf etilmasa, u qanday klub bo`lishidan qat`iy nazar jiddiy choralar ko`riladi.

Hozir birlamchi maqsad chempionlik yoki legioner futbolchilar hisobiga kuchayib olish emas, infratuzilmaga e`tibor qaratish bo`lishi kerak.

Shu maqsadda bugun PFL ishchi guruhi Bekobodga yo`l oldi. Dastlabki tekshiruvdan o`tadigan jamoa aynan “Metallurg” klubi bo`ladi. Ishchi guruh mazkur klubning kelasi mavsum dastlabki rejalari va buning uchun qilinayotgan ishlar bilan batafsil tanishib chiqadi. Shuningdek, “Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvining o`yin atrofidagi tashkiliy masalalari qanday kechishi kuzatiladi. 

 “Metallurg”dan so`ng Superliga va Pro Liganing qolgan klublari ham shunday tekshiruvdan o`tkaziladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib