“Buxoro” futbol klubi jarimaga tortildi

13.09.2018

“Buxoro” futbol klubi jarimaga tortildi

Futzal bo`yicha O`zbekiston XXII milliy chempionatining 14-turi doirasidagi “Neftchi” (Farg`ona) – “Buxoro” (Buxoro) hamda U-18 chempionatining 11-tur “Lokomotiv” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro) uchrashuvlari o`tkazilmadi. Bunga esa buxoroliklarning safar uchrashuviga bormaganligi sabab bo`ldi.

Futzal va U-18 chempionati Musobaqalar o`tkazish reglameniti asosida PFL “Buxoro” futbol klubiga o`zining futzal va U-18 jamoasini safar uchrashuviga yubormaganligi uchun Musobaqalar reglamenti, “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 1-bo`lim, 5.3 bandi bo`yicha jarima belgiladi. 

Unga ko`ra, “Neftchi” – “Buxoro” (futzal) hamda “Lokomotiv” – “Buxoro” (U-18) uchrashuvlarida “Neftchi” va “Lokomotiv” jamoalariga texnik g`alaba, “Buxoro” jamoasiga esa texnik mag`lubiyat yozildi va “Buxoro” klubiga nisbatan moliyaviy jarima belgilandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib