Tartib-intizom Qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi.
Pro liga
“Dinamo” – “Xorazm” uchrashuvining 90+11 daqiqasida raqib sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Xorazm” jamoasi futbolchisi M. Qurbonov 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
“Surxon” – “Dinamo” uchrashuvining 57 daqiqasida tomoshabinlar sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Dinamo” jamoasi futbolchisi S. Izzatov 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.
U-18 Birinchiligi
“Metallurg” – “Buxoro” uchrashuvining 61 daqiqasida “Buxoro” jamoasi murabbiyi sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Metallurg” jamoasi futbolchisi A. Mamarizaev 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
“Buxoro” – “Navbahor” uchrashuvining 66 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro” klubi futbolchisi X. Abdusattorov 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
Ayollar chempionati
“Lokomotiv” – “Navbahor” uchrashuvining 35 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Navbahor” klubi futbolchisi M. Xursanova 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.
“Sevinch” – “Buxoro” uchrashuvining 88 daqiqasida tartib-qoida bo`yicha ish tutishni istamagani hamda o`yinning bir necha daqiqa to`xtab qolishiga ongli ravishda ta`sir o`tkazgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro” jamoasi murabbiyi O. Rajabov 5 million so`m miqdorida jarimaga tortildi. “Buxoro” klubiga murabbiy masalasini qaytadan ko`rib chiqish tavsiya qilindi. Agar shunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada jiddiy choralar ko`rilishi belgilandi.