SOHIL FUTBOLI: Yarim finalda uch viloyat vakili

07.09.2018

SOHIL FUTBOLI: Yarim finalda uch viloyat vakili

 

 

Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahri “Geolog” sport majmuasi hududidagi sohil futboli bo`yicha Respublikadagi yagona maydonda mamlakat chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning chorak final, bugun esa yarim final bahslaridan keyin final ishtirokchilari nomi ma`lum bo`ldi.

 

Bundan bir oy muqaddam o`tkazilgan O`zbekiston Kubogida bosh sovrinni qo`lga kiritgan Buxoroning “Kogon” jamoasi bu gal chorak finaldayoq to`xtashga majbur bo`ldi. Sababi, kogonliklar bu galgi musobaqada asosan ikkinchi, yoshlar tarkibi bilan qatnashdi. Jamoaning etakchilari esa futzal bo`yicha mamlakat chempionatining tur o`yinlarida ishtirok etishi uchun sohil futboliga jalb etilmadi. Kogonliklar chorak finalda musobaqaning bosh sovriniga asosiy da`vogar “Adolat” jamoasiga kichik hisobda yutqazib qo`ydi.

Yarim final o`yinlari yanada shiddatli kechdi. “Adolat” va “Olimpiya” jamoalari o`rtasidagi o`yinda qarshiliklar arang g`alabani “ilib” ketishdi, ikkinchi uchrashuvda esa asosiy vaqtda ham, qo`shimcha daqiqalarda ham kuchlar teng keldi, faqat penaltilar seriyasida omad samarqandliklarga kulib boqdi...

 

Chorak final natijalari:

 

“Adolat” – “Kogon-2” – 2:1

“Koson” – “Huquq” 1:3

“Olimpiya” (Jizzax) – IBO`SM 2:0

“Samarqand” – “Olimpiya” (Qarshi) 2:1

 

Yarim final natijalari:

 

“Adolat” “Olimpiya” (Jizzax) 4:3

“Huquq” – “Samarqand” -  2:2. Pen.bo`y. 0:1

 

Endi uchinchi o`rin uchun “Olimpiya” va “Huquq”, bosh sovrin uchun esa “Adolat” va “Samarqand” jamoalari o`zaro kuch sinashishadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib