Bundan o`n yillarcha oldin O`zbekistonda ilgari kuzatilmagan sohil futboliga tamal toshi qo`yilgandi. Odatda dengiz yoki okean qirg`oqlarida, tabiiy sharoitda o`tkaziladigan futbolning bu ko`rinishi mamlakatimizda katta suv sohilida bo`lmasada, kichik, sun`iy ko`l bo`yida – “Geolog” sport majmuasi hududidagi cho`milish xavzasi yonginasida, “Sho`rtangazkimyo” majmuasining o`sha yillardagi sportsevar rahbarlari tashabbusi bilan ixchamgina sohil futboli maydonchasi barpo etildi. Qisqa muddatda u erda mamlakat miqyosidagi musobaqalar o`tkazila boshlandi. Ayollar va erkaklar o`rtasida O`zbekiston chempionati va Kubogi turnirlari katta tayyorgarlik bilan tashkillashtirilar, unda Respublika bo`yicha o`ndan ziyod jamoalar ishtirok etardi. Bu tashabbus besh-olti yil davom ettirildi. Nima bo`ldiyu, barchasi barham topdi.
Oradan yana besh yil o`tib, bqachonki O`zbekiston futboli assotsiatsiyasida islohotlar boshlangach, bu yil mazkur sport turi yana “nafsa ola” boshladi. Yodingizda bo`lsa, bundan bir oy muqaddam mazkur maydonda O`zbekiston Kubogi musobaqasi o`tkazilgan, o`n ikkita jamoa ishtirok etgan rasmiy turnirda Buxoroning “Kogon” jamoasi bosh sovrin sohibi bo`lgandi. Mana, endi navbat mamlakat chempionatiga keldi.
Kubok o`yinlarida uch vilotyadan jami o`n ikkita jamoa qatnashgandi, bu galgi bahslarda esa to`rt viloyat vakillaridan iborat o`n to`rtta jamoa g`oliblik uchun kurash olib boryapti. Bular,
“A” guruhi – “Adolat” (Qashqadaryo viloyat xavfsizlik xizmati xodimlari), “Mash`al” (Pro-ligadagi “Mash`al” futbol akademiyasi murabbiylari), “Binokor” (Qashqadaryo birinchiligi ishtirokchisi), “Huquq” (Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari).
“V” guruhi – “Olimpiya” (Jizzax viloyati olimpiya zaxiralari kolleji murabbiy va tarbiyalanuvchilari), “Olimpiya” (Qarshi sport zaxiralari kolleji murabbiylari), “Lokomotiv” (Qarshidagi shu nomdagi sport klubi), “Nasaf” (Superligadagi “Nasaf” futbol akademiyasi murabbiylari).
“S” guruhi – “Kogon-2” (Buxoro viloyati Kogon shahridagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilari), “Nishon” (shu tumanning viloyat birinchiligi qatnashchisi), “Koson” (shu tumanning viloyat birinchiligi ishtirokchisi),
“D” guruhi - “Samarqand” (Samarqand viloyat birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalar murabbiylari terma jamoasi), IBO`SM (Qarshidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar sport maktabi murabbiylari), “Oq oltin” (G`uzor tumani viloyat birinchiligi ishtirokchisi).
Kecha start olgan chempionatda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Adolat” – “Huquq” – 3:1
“Mash`al” – Binokor” – 2:3
“Jizzax” – “Nasaf” -+:-
“Olimpiya” (Qarshi) – “Lokomotiv” – 4:1
“Nishon” – “Koson” –4:4. P.b. 0:2
IBO`SM – “Oq oltin” – 5:4
“Mash`al” – “Huquq” – 3:3. P.b.1:0
“Adolat” - “Binokor” – 5:2
“Olimpiya” (Jizzax) – “Lokomotiv” – 5:0
“Olimpiya” (Qarshi) – “Nasaf” - +:-
“Samarqand” – IBO`SM – 4:3
“Nishon” – “Kogon -2” –-:+
Ramziy ma`noda musobaia mezbonlari – Nasaf” jamoasi ketma-ket ikkita o`yinga kelmagani uchun musobaqadan chetlashtirildi. Dastlabki o`yinda mag`lubiyatga uchrab, musobaqani davom ettirish imkoniyatlari pasayib ketgan “Nishon” jamoasi ham ikkinchi o`yinga kelmaslikni ma`qul topishdi va ularga texnik mag`lubiyat yozildi.
Guruh o`yinlari bugun yana davom ettiriladi. Ertaga chorak fa yarim finla uchrashuvlari o`tkazilsa, 7 sentyabr kuni uchinchi o`rin va final o`yinlari tashkil etiladi. G`olib va sovrindorlar O`zbekiston professional futbol ligasi tomonidan oltin, kumush va bronza medallari, diplomlar va maxsus Kuboklar bilan taqdirlanadi.