Iyul oyida Qarshi shahrida plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston Kubogi musobaqasi bo`lib o`tganidan xabaringiz bor.
Qarshidagi “Geolog” sport majmuasi hududida joylashgan futbolning bu buri bo`yicha rasmiy va xalqaro turnirlar o`tkazish talabiga javob bera oladigan Respublikada yagona hisoblangan plyaj maydonida endilikda plyaj futboli bo`yicha mamlakat chempionati ham bo`lib o`tadi.
Professional futbol ligasi 5 yildan buyon plyaj futboli bo`yicha o`tkazilmasdan kelayotgan O`zbekiston chempionati bahslarini joriy yildan boshlab har mavsum o`tkazishni yo`lga qo`yadi. Shu maqsadda 3-8 sentyabr kunlari Qarshi shahrida plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston oltinchi milliy chempionati uchrashuvlari bo`lib o`tadi.