Tartib-intizom Qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi.
PEPSI Superliga
“Qizilqum” – “Buxoro” uchrashuvining 90+5 daqiqasida hakam sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro” jamoasi shifokori S. Bomurodovga 5 million so`m miqdorida jarima belgilandi. Agar shunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada qat`iy choralar ko`rilishi qayd etildi.
“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvining 90+5 daqiqasida hakam sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” jamoasi murabbiyi P. Xyuistrga 5 million so`m miqdorida jarima belgilandi. Agar shunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada qat`iy choralar ko`rilishi qayd etildi.
Pro liga
“Istiqlol” – “Andijon” uchrashuvining 89 daqiqasida raqib sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Andijon” jamoasi futbolchisi I. Otaxonov 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so`m miqdorida jarima belgilandi.
Yoshlar ligasi
“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvining 75 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi Sh. Azmiddinov 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.
“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvining 81 daqiqasida bosh hakamning birinchi yordamchisi sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi A. Mo`ydinov 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.
“So`g`diyona” – AGMK uchrashuvining 55 daqiqasida o`yin qoidasini juda qo`pol tarzda buzgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK klubi futbolchisi A. Jumaboev 4 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
Ayollar chempionati
“Buxoro-W” – “Qizilqum Guli” uchrashuvining 90+4 daqiqasida hakam sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro-W” futbolchisi G. Najimova 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
“Sho`rtan” – “So`g`diyona-W” uchrashuvining 89 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Sho`rtan” klubi futbolchisi X. Gancheva 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.
AGMK – “Andijanka” uchrashuvining 55 daqiqasida o`yin qoidasini qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK klubi futbolchisi O. Daulboeva 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.
“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvining 66 daqiqasida raqibasi sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” futbolchisi O`. Qo`chqorova 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.