Qarshidagi “Geolog” sport majmuasining Respublikada talabga javob bera oladigan yagona plyaj maydonida futbolning shu turi bo`yicha viloyat birinchiligi start olganligi va unda 14 ta jamoa ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.
Viloyat futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Norqul Daminov g`oyasi va tashabbusi bilan tashkil etilgan turnir zo`r qiziqish va ishtiyoq bilan yakun topdi.
O`z guruhida va chorak final o`yinlarida muvaffaqiyat qozongan to`rt jamoa yarim finalga qadar etib keldi va bu bosqichda quyidagi jamoalar o`zaro kuch sinashishdi:
Yarim final.
“Kasbi” (Kasbi tuman) – “Koson” (Koson tumagi) – 5:6
“Adolat” (viloyat milliy xafvsizlik xizmati xodimlari) – “Mash`al” (Superliganing “Mash`al” klubi murabbiylari) – 4:3.
Uchinchi o`rin uchun o`yin: “Kasbi” – “Mash`al” – 2:10.
Final: “Adolat” – “Koson” – 4:2.
Shu tariqa plyaj futboli bo`yicha ilk bor o`tkazilgan turnirda Adolat posbonlari zafar quchishdi va bosh sovrin – Kubok bilan birga diplom va sovg`alarni qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rin kosonliklarga, uchinchi o`rin esa muborakliklarga nasib etdi.