Hasan Ro`ziev PEPSI Superliga uchrashuvlaridan oktyabrgacha chetlatildi

13.08.2018

Hasan Ro`ziev PEPSI Superliga uchrashuvlaridan oktyabrgacha chetlatildi

PEPSI Superliga 21-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan "Metallurg" – "Qizilqum" o`yini 2:1 hisobida yakunlanganidan xabaringiz bor. 

Mazkur uchrashuvni boshqarib borgan hakam – Hasan Ro`ziev o`yin davomida qo`pol xatoga yo`l qo`ygani ma`lum bo`ldi. O`FA hakamlar qo`mitasi hamda ekspertlar guruhining tasdiqlashiga ko`ra, mazkur uchrashuvning 35-daqiqasida bosh hakam “Metallurg” jamoasi darvozasi tomon penalti belgilanishi lozim bo`lgan vaziyatda 11 metrli jarima zarbasi belgilamadi. Bu esa yakunda natijaga o`z ta`sirini o`tkazdi. 

Shu sababdan Hasan Ro`ziev oktyabr oyiga qadar PEPSI Superliga uchrashuvlarida faoliyat olib borishdan chetlatildi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib