Plyaj futboli: Qarshida ilk bor viloyat birinchiligi start oldi

02.08.2018

Plyaj futboli: Qarshida ilk bor viloyat birinchiligi start oldi

 

 

Yaqinda Qarshidagi “Geolog” sport majmuasining Respublikada talabga javob bera oladigan yagona plyaj maydonida O`zbekiston Kubogi musobaqasi bo`lib o`tgan va unda uch viloyatning o`n ikkita jamoasi ishtairok etgan edi. Yakunda Buxoroning “Kogon” jamoasi bosh sovrinni qo`lga kiritgani haqida ham xabar bergan edik.

 

O`shanda viloyat futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Norqul Daminov huddi shunday turnirni viloyat miqyosida ham o`tkazishni ko`ngliga tukkandi. Oradan ko`p o`tmay, niyat amalga oshdi – bugun aynan shu maydonda viloyat birinchiligi start oldi.

Aslida musobaqada qatnashish istagini bildirgan katta futbol bo`yicha viloyat birinchiligi ishtirokchilari hamda yana qator havaskor jamoalar ko`pchilikni tashkil etgan edi, biroq ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda musobaqada qatnashish uchun 14ta jamoaga ruhsat berildi.

Bular – “Nishon” (Nishon tuman), “Yoshlik” (Koson t.), “Kasbi” (Kasbi t.), “Binokor-1”(Qarshi shahri), “Binokor-2” (Qarshi sh.), “Adolat” (Qarshi sh.), “Mashal” (Muborak t.), “Sho`rtan” (G`uzor t.), “Mirishkor” (Mirishkor t.), “Po`lati” (Koson tumani Po`lati shaharchasi), “Chiroqchi” (Chiroqchi t.), “Nasaf” (Superliganing “Nasaf” klubi murabbiylari), “Qarliq” (Muborak sh.), “Hakamlar” (Viloyat futbol assotsiatsiyasi hakamlari).

 

Bugun bo`lib o`tgan o`yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

 

“Adolat” – “Po`lati” – 3:2

“Mashal” – “Koson” – 2:6

“Kasbi” – “Binokor-2” – 5:3

“Adolat” – “Po`lati” – 3:2

“Mashal” – “Koson” – 2:6

“Mirishkor” – “Kasbi” – 5:6

“Binokor-1” – “Adolat” – 2:4

 “Sho`rtan” – “Binokor- 2” – 5:3

“Binokor-1” – “Yoshlik” – 7:7. P.b. 1:0.

 

 

Musobaqaning ochilish marosimi ertaga bo`lib o`tadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib