500-rasmiy uchrashuvini o`tkazgan Anvar Berdievga PFLning maxsus esdalik sovg`asi topshirildi

25.07.2018

500-rasmiy uchrashuvini o`tkazgan Anvar Berdievga PFLning maxsus esdalik sovg`asi topshirildi

Milliy futbolimizda yubiley uchrashuvlar o`tkazayotgan afsonaviy futbolchilar soni ortib bormoqda.

Xabaringiz bor, yaqindagina Ignatiy Nesterovga 400-o`yinni o`tkazgani uchun esdalik sovg`asi topshirilgan edi. Professional Futbol Ligasi bundan buyon yubilyar futbolchi va murabbiylarni alohida e`tirof etib borishni o`ziga xos an`anaga aylantiradi.

Oldinroq xabar berilganidek, PEPSI Superligasi 15-tur uchrashuvlari doirasidagi “Neftchi” – “Paxtakor” uchrashuvida afsonaviy futbolchi Anvar Berdiev o`z faoliyatidagi 500-rasmiy o`yinini o`tkazgandi. Kecha “Neftchi” – “Qizilqum” o`yini oldidan Berdievga Professional Futbol Ligasi tomonidan maxsus esdalik sovg`asi topshirildi. 

Ta`kidlash joizki, 40 yoshni qarshilagan mahoratli futbolchi faoliyati davomida “Mash`al”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Bunyodkor” hamda “Andijon” jamoalarida to`p surgan. Anvar Berdiev O`zbekiston milliy chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to`purar bo`lib turibdi. Mahoratli futbolchi hisobida 225 ta gol mavjud. 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib